Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

E’lon qilingan sana· 89
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturlarga taklif etadi.

Jadval:

4-may

Kichik transfomer zali

13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar nemis yozuvchisi Liana Shnayderning Yanina Gyorrisen suratlarIari bilan bezatilgan “Konni bobo va buvisinikida mehmonda” asarini mutolaa va muhokama qilishadi. Radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva ishtirokida oila tafti hamda g‘amxo‘rlik haqidagi hikoya bilan tanishib, mavzuga oid qo‘l mehnati namunasini yasaydi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh chegarasi: 5+.


16:00 dan 17:30 gacha — “Stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagining uchrashuvi”.

Ishtirokchilar diqqat-e'tiborini nemis o‘yin ixtirochisi Volfgang Kramerning “Sigir 006” o‘yiniga qaratadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 6+.


Amfiteatr

15:00 dan 16:00 gacha — “Amerika harbiy orkestrining konserti”.

Dasturda sho‘x-shodon dovrug‘li rok, sokin jaz-musiqalari, ta’sirchan balladalar va kantri uslubidagi jo‘shqin kompozitsiyalar kabi turli janrlardagi cholg‘u hamda vokal asarlar yangraydi.

Yosh chegarasi: 5+.


5-may

Kichik transformer zali

14:00 dan 15:00 gacha — “Qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi”.

Ishtirokchilar xitoylik yozuvchi va musavvir Li Sinminning “Janob Qunduzning yangi qo‘shnilari” kitobini muallima Karina Javliyeva ishtirokida mutolaa va muhokama qilishadi. Totuv qo‘shnichilik munosabatlari hamda o‘zaro yordam haqidagi hikoya bilan tanishib, mavzuga oid qo‘l mehnati namunasini yasaydi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 5+.


Majlislar zali

16:00 dan 17:00 gacha — “Yosh ijrochilar ishtirokida mumtoz, estrada va xalq musiqasi konserti”.

Dasturda Pyotr Chaykovskiyning “Qarsildoq” baletidan “Cho‘pon bolalar raqsi”, Tonchi Xuljichning “Xorvat rapsodiyasi”, Leopold Motsartning “Menuet” va xorijiy hamda o‘zbek bastakorlarining boshqa asarlari, shuningdek, turli millatlarning xalq kuylari yangraydi.

Yosh chegarasi: 5+.


Kutubxona hovlisi

16:00 dan 17:30 gacha — “O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar e’tiborini “Sarguzashtlar vaqti: Varaqchalar jangi” o‘yiniga qaratishadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 13+.


Ishtirok etish bepul.
Joylar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ