Ra'no Shodiyeva ishtirokidagi "Adolat" nomli serial suratga olinmoqda

E’lon qilingan sana· 162
Ra'no Shodiyeva ishtirokidagi "Adolat" nomli serial suratga olinmoqda

Kinematografiya agentligi, Bosh prokuratura va “Fan entertainment Сinema” studiyasi hamkorligida “Adolat” nomli koʻp qismli serialning suratga olish jarayonlari boshlandi.

Serial prokuratura xodimi, tergovchi Adolat Aliyeva haqida boʻlib, bu rolni Raʼno Shodiyeva gavdalantirmoqda. Ta’kidlanishicha, Adolat Aliyeva xizmat faoliyati davomida koʻplab jinoyatlarni fosh qilish va ularga qarshi kurashishda hamkasblariga oʻrnak boʻlgan.

Ssenariy muallifi Ulugʻbek Abdusagatov, postanovkachi rejissyorlar Ilhom Muhammadibragimov hamda Zohid Zokirov, postanovkachi operatorlar Hasan va Husan Atabayevlar, prodyuser Baxtiyor Fattohov.

Serialda bosh rollarni Raʼno Shodiyeva, Shohsanam Yusupova, Umid Xoʻjayev, Bobur Yoʻldoshev, Matyoqub Matchonov hamda boshqa taniqli aktyor va aktrisalar ijro etmoqda.

“Adolat” seriali taqdimoti 2024-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ