Toshkentda sotuvchilar uchun “MAKON Forum” xalqaro forumi o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 109
Toshkentda sotuvchilar uchun “MAKON Forum” xalqaro forumi o‘tkaziladi

Forum doirasida 50 ta yetakchi brendlar ishtirokida birinchi “Yil brendi 2023” ko‘rgazmasi va 25 ta nominatsiyada iste’molchilar hamda ekspertlar hay’ati tanloviga ko‘ra “Yil brendi” mukofoti bilan taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

“Forumning noyobligi shundaki, u mamlakatimizda sotuvchi kasbiga bag‘ishlangan ilk forum bo‘ladi. Biz zamonaviy sotuvchi maqomi va imkoniyatlariga uning faoliyatining qadr-qimmati va har qanday biznesdagi ahamiyati nuqtai nazaridan kompleks ravishda yondashdik. Forum bozorimizda tovarlar va xizmatlar taklif etuvchilar uchun kuchli motivatsiya beradi, — deydi O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi, MAKON tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov. Forumning asosiy vazifasi — qo‘llanilayotgan vositalarni „puxtalash“ va zamonaviy sotuvlarning yangi imkoniyatlaridan xabardor bo‘lish uchun eng faol mutaxassislarni jamlash”.

“Biz uchun marketing va sotuvlar bo‘yicha mutaxassislar hamjamiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, tajriba va eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashish mumkin, — deydi „Kapitalbank“ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov. — Mamlakatdagi eng yirik moliyaviy institutlardan biri sifatida bizning vazifamiz — bankka mijozlar jalb qilish va mahsulotlarimiz haqidagi axborotni yetkazish bilan kifoyalanib qolmay, moliyaviy savodxonalik asoslarini, biznes yuritishni, byudjetni rejalashtirishni va boshqalarni o‘rgatish hamdir. Aminmanki, O‘zbekiston marketing va sotuvlar sohasidagi eng muhim voqealardan biriga aylanishga ulgurgan forum bu yil ham biz va bozordagi hamkasblarimizga yangi g‘oyalar manbasi bo‘ladi”.

Forum spikerlari sotuvlar bo‘yicha eng mashhur mahalliy ekspertlar va to‘rt nafar rossiyalik trener bo‘lib, ular forum doirasida, chiqish qilishdan tashqari, sotuvlar bo‘limlarining rahbarlari uchun noyob mahorat darslarini ham o‘tadilar.

Murod Nazarov — “Murad Buildings”, “Nest One” va NRG asoschisi. Development sohasida 20 yillik tajribaga ega muvaffaqiyatli tadbirkor. Uning rahbarligi ostida kompaniyalar jami maydoni 575 000 kv.m. bo‘lgan noyob ko‘chmas mulk obyektlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. Murod shaxsiy brend sotuvlarga qanday yordam berishi haqida so‘zlab beradi.

Anvar Abduqayum — “Toy Bola” o‘yinchoqlar brendi asoschisi. Sotuvlarda 20 yildan ortiq tajribaga ega. Ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari — million atrofida. Anvarning chiqishi ishontirish san’ati va muvaffaqiyatli sotuvlarda uning ahamiyatiga bag‘ishlanadi.

Ibrohim G‘ulomov — “Perfect Consulting Group” asoschisi. Tizimlashtirish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega ekspert. Ibrohim 150 dan ziyod tarmoqlardagi taqriban 6000 nafar tadbirkorni “Sof foydani oshirish”, “Tizimlashtirish va personalni samarali boshqarish”, “Hayotiy strategiya” mualliflik dasturlari bo‘yicha o‘qitdi. Ibrohim mijoz e’tirozlari bilan qanday ishlash mumkinligi haqida chiqish qiladi.

Akmal Nasridinov — “Marketbridge” agentligi va “Retail Club” biznes-klubi asoschisi. Sotuvlar sohasida 1994-yildan beri ishlaydi. 2012-yildan boshlab O‘zbekistonda sotuvlarni boshqarish bo‘yicha treninglar o‘tkazadi va mijozlarga sotuvlarni tizimlashtirish va samarali sotuvlar bo‘limlarini tashkil etishda yordam beradi. Akmal real keyslar asosida sotuvlar sirlari haqida so‘z yuritadi.

Diyor Mirzaahmedov — O‘zbekiston marketing uyushmasi va “Siymo” reklama agentligi asoschisi. Marketing va reklamada 28 yillik tajribaga ega. Mijoz servisining noyob uslubiyoti asoschisi, har yilgi keng ko‘lamli forumlar: MAKON biznes-forumi, TAF! Toshkent reklama festivali, “Yil brendi” mukofoti tashkilotchisi. Diyor kitmni yaxshi sotuvchi deyish mumkinligi haqida so‘zlaydi.

Abduhamid Abduvahobov — 8 ta brendni birlashtirgan va 45 turdagi, beshta mamlakatda sotiladigan turfa xil mahsulot ishlab chiqaradigan “Numa family” xoldingi asoschisi. 2012-yildan buyon BFQ, tibbiy texnika va kosmetika savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda ishlagan. Abduhamid sotuvlar psixologiyasini tushinishning ahamiyati haqida so‘z yuritadi.

Vitaliy Golitsin — sotuvlar va mahsuldorlik bo‘yicha rossiyalik biznes-trener. Sotuvlar bo‘yicha 25 yillik va trening sohasida 15 yillik tajriba. Dunyoning 17 ta mamlakatida, 100 ta shahrida 1000 dan ortiq trening o‘tkazgan. Rossiyada sotuvlar bo‘yicha YouTube-kanallar TOP-3 muallifi. Vitaliy ishtirokchilarni 100 foizli bitim formulasi bilan tanishtiradi.

Vladimir Marinovich — biznes va samarali jamoalarni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ekspert. Milliardlarga baholangan loyihalarni amalga oshirgan jamoalar asoschisi. 30 yildan buyon biznes va sotuvlar sohasida. 2014-yilda VVeRX biznes-maktabiga asos soldi, unda har yili 450−700 nafar tadbirkor amaliy bilimga ega bo‘ladi. Vladimir netvorking katta cheklarga sotishda qanday yordam berishi haqida so‘zlaydi.

Vladimir Yakuba — Rossiyada eng mashhur “realiti biznes-trener”, yetakchilik, sotuvlar va jamoa bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis. Vladimir 19 mamlakatning 143 ta shahrida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan. 14 ta kitob muallifi. To‘rt marta yil natijalariga ko‘ra o‘z sohasida eng yaxshi deb topilgan (2014−2020-yy.). Instagramda 9 mln va Youtubeda 1,5 mln video ko‘rilishiga ega. Vladimir yangi voqyelikdagi sotuvlar haqida so‘z yuritadi

Vladislav Bermuda — 12 ta mamlakatda 300 dan ziyod chiqishlar qilgan xalqaro spiker. Krossmarketing bo‘yicha Rossiyadagi yetakchi ekspert (300+ keys). “Nostandart biznes-tafakkur, kollaboratsiya va resurs monetizatsiyasi” onlayn-maktabining asoschisi — 8 ta mamlakatda 120 talaba. Vladislav sotuvlardagi kreativ yechimlarga oid g‘oyalar bilan o‘rtoqlashadi.

Spikerlar va dasturlar haqidagi barcha axborot — forum saytida.

MAKON FORUM Sotuvchilar Davri — bu professionallar uchun ikki kunlik faol motivatsiya va muloqot, boshlig‘i rahbarligida sotuvlar bo‘limi uchun yangi bilimlar muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyati — u biznesga eng samarali sotuvlar vositalaridan foydalangan holda sotuvlarni oshirishda yordam beradi.

Forum bilan parallel ravishda 18−19-mayda birinchi “Yil brendi” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaning barcha mehmonlari ishtirokchilarning maxsus takliflari bilan tanishish, yutuqli o‘yinlarda qatnashish va sovg‘alarga ega bo‘lish imkoni bo‘ladi. Ko‘rgazmaga kirish — bepul.

Chiptalarni xarid qilish.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+998) 97−402−2820.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ