O‘zbekistonlik yosh qilichbozlar jahon chempionatida 4 ta medal qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 97
O‘zbekistonlik yosh qilichbozlar jahon chempionatida 4 ta medal qoʻlga kiritdi

12−21-aprel kunlari Saudiya Arabistonida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor boʻldi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.

Oltin medal:

  • Sardor Abdukarimbekov (sablya, o‘smirlar)

Kumush medal:

  • Alpamis Urakbayev (sablya, o‘smirlar)

Bronza medal:

  • Fernanda Errera (sablya, yoshlar)
  • Nargiza Jaksibayeva (sablya, o‘smirlar).

Bu o‘zbek qilichbozlarining jahon chempionatlarida qayd etgan eng yaxshi natijasi bo‘ldi. Endi asosi yoshlar jamoasidan iborat sportchilar 27−28-aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ