Oʻzbekistonda choʻponlar hayoti haqida kino suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 247
Oʻzbekistonda choʻponlar hayoti haqida kino suratga olinadi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Choʻliq” nomli badiiy film suratga olinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Filmda ekologik muammolar, choʻponlar va ularning hayoti orqali qishloq xoʻjaligidagi hozirgi davr imkoniyatlari haqida hikoya qiladi. Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo tumanlarida, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining turli lokatsiyalarida boʻlib oʻtadi.

Hozirda filmning aktyorlar jamoasi uchun kasting jarayonlari davom etmoqda. Film senariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyev.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ